Hozirda siz azizlarga aytib beradigan hikoyam, real voqealarga asoslangan bo'lib, aynan men bilan sodir bo'lgan. Hikoyam qahramoni men bilan bir mahallada istiqomat qiladi, lekin uylarimiz orasidagi masofa uzoq bo'lgani uchun deyarli yuz ko'rmas edik.

Tong saharlab, men o'qishga yo'l oldim. Haligi ayol shosha-pisha yugurgancha bekatga keldi va men o'tirgan avtobusga chiqib, o'rnini topib bahuzur joylashib olgach, so'radi:
- Bolam, bu avtobus nechanchi avtobus?
- 56 xolajon.

Haligi ayol avtobusda ketar ekan, ko'zi yoshlangancha borar, goh-gohida ko'z yoshlari sizib yerga to'kilar, o'zi esa bunga parvo qilmas edi. Ko'rinishi 50 yoki 60 yosh orasidagi ayolga o'xshar, sochiga oq o'ralagan, ko'zlari ko'p yig'laginidan ishib ketgan, qandaydir dard onani tinkanisini qurutgani, o'zi aytmasa ham bilinib turar edi. Men undan asta gap so'ragan bo'lib:
- Xolajon ahvoliz yaxshimi? Mendan biror yordam kerak emasmi?
- Yo'q bolam, rahmat.
- Ayting, balki yordamim tegib qolar?

Chuqur ho'rsinib qo'ydida, gap boshladi:
- Meni ham senga o'xshagan farzandim bor edi, lekin...
Shu gapni aytdi yu, ko'zi to'la yoshga to'lib ketdi.
- Ho'sh xolajon davom eting, nima bo'ldi? Farzandizga biror kor-hol bo'ldimi?
- Yo'q bolam, oilamizdagi yetishmovchilik tufayli bolam Rossiyaga ishlagani ketgan edi. Qayerdan ham ketishiga yo'l qo'ydima, hammasiga men aybdorman aslida, qarshilik qilishim kerak edi. Eh nodon ayol...
- Nima bo'ldi farzandizga, ahvoli yomonlashib qoldimi?
- Rossiyada pul topaman deb boyaqish, yomon niyatli odamlarni qurboniga aylanib qolibdi. Ular bolam bechorani o'zlarini bilan arab davlatiga olib ketibdi.

Gapni oxirini, ichida o'zi eshitar qilib aytdi. Men darxol tushundim, bu ayolni farzandi Rossiyaga ishlagani ketgan, natijada manqurt kimsalarga aldanib, "urush gullab yashnagan" shom mamalakatlariga jihot qilish uchun ketgan ekan. Ochig'i, bu ayolni nima deb yupatishni bilmadim:
- Xolajon, hozir qayerga ketayapsiz?
- Hozir menga o'xshagan, farzandlari aldanib boshqa yurtlarga ketgan ota-onalar bilan hokimiyat odamlarini majlis o'tkazishar ekan. Hozir mendan "Bolang qani?" "Nima ishlar qilib yuribdi?" deb so'rashsalar nima diman.

Shu-shu bu ayol bilan hayrlashdim, butun kunim uni o'ylash bilan o'tib ketdi. Bolasi qilgan birgina, mudhish hato tufayli, onani qaddi bukilib qolibdi.

O'sha kuni, Toshkent shahridagi Inha universitetida "Qiyomatga qolgan qarz" mavzusidagi hujjatli film taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu videoda katta bir majlis zalida, butun bir xaloyiq oldida, farzandlari tufayli xor-u zor bo'layotgan ota-onalarni qon yig'lashi tasvirlangan edi. Ishonasizmi, bunday ota-onalarni "Davlat hoini" deb atashdi, minglab odamlar oldida, isnotga qoldirdi, rosa izza qilishdi. Farzandlari tufayli bunday xo'rlikka duchor bo'lgan ota-onalar, hamma qatori farzandini kamolini ko'rishga, nabiralari bag'rida qariyalik gashtini surishga haqqi bor edi. Lekin o'z nafsi tufayli, mo'may daromad ortirish ilinjidagi noqobil farzandlar bor ekan, ota-onalarini qaddini bukib, ularni xalq oldida izza qilishdan boshqasiga yaramaydi.

Ertalab har doimgidek avtobus bekatiga borar ekanman, kechagi ayolni uyi yonida bir gala odamlar yig'ilib turibdi. Men sekin borib nima bo'ldikan deb so'rasam, kecha men ko'rgan ayol 41 yoshida vafot etgan ekan. Men ko'zim bilan yo'lg'iz qoldim. Bu mudhish voqea haligacha ko'z oldimdan ketmaydi. Men bu ayolni ancha katta deb o'ylagandim, afsus bu ayol 41 yosh ekan. Farzandini qilgan ishi tufayli ona ancha o'zini oldirib qo'ygan ekan. Ona farzandi qilgan ishda o'zini aybdor sezib, bor hasradini ichiga yutibdi. Bu yoqda farzandi, minglab ona va bolalarni umriga zomin bo'layotgan bir paytda, Alloh bu noqobil farzandi onasidan judo qilibdi, bu yaramas farzand onasi vafot etganligini bilarmikan, u uchun qancha haqorat eshitgani, umrini qirchillama paytida yuzi shuvut bo'lgani haqida hech o'ylab ko'rganmikan? Bekatda boshlangan hikoyam bekatda tugadi.

Bunday yurtini sotgan yurtfurushlar siz va bizning mahallamizdan chiqayaptiku?, buni qanday oldini olmog'imiz kerak?, bunday muammolarga oiladan javob qidirmasak, qayerdan qidiramiz? Bu, bugunki kundagi siz va bizni hayotimizdagi bo'layotgan voqea.

PC. Qiyomatga qolgan qarz haqidagi hujjatli filmni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.


Izohlar