E-yoshlar internet tanlovini

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida 2016 yil 1 fevraldan “e-yoshlar.uz” internet tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar o‘z ijod namunalarini www.e-yoshlar.uz veb-saytiga joylashtiradi.

Tanlovda 5 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha qiziquvchilar ishtirok etish va ovoz berish huquqiga egadirlar.

Tanlovda ishtirok etayotganlar tomonidan madaniyat, san'at, sport, ilm-fan, hunarmandchilik, rassomchilik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalardagi foto, video, audio, kartina va matn ko‘rinishida ishlab chiqilgan qiziqarli va foydali ijod namunalari saytga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar tomonidan baholanadi, ushbu baholar orqali nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi;

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar diplom, pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.