Sog'lom bola - yuksak kelajak pillapoyasi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2016-yilni "Sog'lom ona - sog'olm bola" yili deb atadi va bu yilgi dasturlarni oilada sog'lom muhit yaratish, ayollarning salomatligi, qolaversa o'sib kelayotgan farzand salomatligi haqida qayg'urganligidan, o'zbek xalqining kelajakda kuchli, bilimli va eng muhumi sog'lom bo'lishini chin dildan hohlaganidan dalolad beradi. Bu dasturda eng birinchi urg'u "Ayol" tushunchasiga berilyapti. Xosh, biz yoshlar "Sog'lom ona - sog'olm bola" mazmunini qay darajada anglamoqdamiz?

Mana qolimda, Andijonning fozila yozuvchisi Tursunoy Sodiqovaning "Xazrati Ayol" kitobi turibdi; uni o'qir ekanman, ona bilan bola o'rtasidagi uzviylikni nihoyatda sipokorli misralar bilan tasvirlaganligiga lol qoldim:

''Bu yorug' dunyoda hech bir g’azot (jang) ayolning ona bo'lish daqiqalaridek og'ir kechmaydi. Farzand dunyoga kelar ekan, ayol o'z etini nimta nimta bo'layotganini, suyaklari qarsillayotganini eshitib turadi, jismiga o't tushadi, jon taslim qilayotgan kishida nafas qanday bog'ziga tiqilib kelsa, ko'z chanog'idan jilsa, bu dunyo bilan u dunyoning orasi qilchalik qolsa, yangi insonni shu tarzda topadilar.''

Insonning dunyoga keltirish azobini tasvirlagan yozuvchi, ushbu kitobida ayolni asrash, onani e'zozlash haqida ham juda ajoyib tasvirlarni hikoya qiladi. Demak, shunday azobga duch keluvchi, har bir ayol zoti ruhan va jismonan farzand ko'rish uchun tayyor bo'lishi kerak ekanda? Shu o'rinda, yana men muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning kelajakni ko'ra oladigan teran fikrli inson ekanligiga amin bo'ldim. Chunki, qizlarni sport bilan shug'ullanishi haqida, erta turmushni man qilish tog'risidagi bir qator qonun va qarorlar buning isboti emasmi?

Qiz bola nimjon, kamqon bo'lib o'sarkan, uning tos-son chanoq a'zolarida qator kamchiliklar uchrasa, uning kelajakda mukammal ayol bo'lishiga hech kim kafolat bermaydi. Ayniqsa kamqonlik bilan rivojlangan homila hech qachon sog'lom farzand dunyoga keltirmaydi, yoki torchanoq bilan ayol farzand ko'ra olmasligi tibbiyotdan ma'lum.

Nogiron farzand… Eng katta armon bu tug'ilgan nogiron farzanddir. Atrofdan barchaga quvonch ulashib dunyoga kelgan farzand nogiron bo'lsa, borliq larzaga keladi, bir umr tashvish azob keltiradi bu farzand. Bir ayol farzandining qo'rqoqligidan shikoyat qilib ruhshunosga murojat qiladi. Aytishiga qaraganda bola onadan ajralsa, yig'lab, bog'chaga ham o'rgana olmabdi. Shunda ruhshunos, bu bola yetilmagan homiladorlik mevasi ekanini so'rab bilibdi. Ayolning aytishicha, u homiladan qutulishga bir necha bor uringan, lekin homila katta bo'lgani uchun uni dunyoga keltirishga ''majbur'' bo'lgan ekan. Daxshat! Farzand dunyoga keltirishga ''majbur'' bo'lmoq deyish razolatku. Bundan kelib chiqadiki, istalmagan homiladorlikdan tug'ilgan farzandlar nafaqat jismonan, balki ruhan ham nogiron bo'lar ekan.

Shu kungacha qizlarni 16 yoshdan turmushga berishar edi, endi esa turmushga berish 18-20 yosh deb belgilandi. Hatto 16 yoshli qizga ''bola'' deb qarashligi, uni turmushga bergan ota-ona ‘'bola'' ning huquqini paymon qilgan hisoblanib, katta jarima yoki, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkunligi qonunda belgilab qo'yilgan. Bu ham kelajakda sog'lom bola tug'ilishi uchun katta pillapoyadir.

Yana o’sha ''Hazrati Ayol'' kitobiga qaytar ekanman;

'' Millatning sifat belgisini ayol ta'minlaydi. Ayolni asrash ham siyosatdir. ''

O'zbekning genida Ibn Sinolar, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur hislatlari yashiringan. Uni ro'yobga chiqarish faqat sog'lom ayolning, sog'lom onaning qo'lidan keladi.

Men yuqoridagilarni mulohaza qilib, shuni o'zim kabi yoshlarga aytishni joiz bildim.

'' Aziz yoshlar! Birimiz bo'lajak o'qituvchi, bo'lajak shifokor, bo'lajak muhandis yoki shoir! Barchangiz bo'lajak oila quruvchilarisiz! Oilalarning sog'lom bo'lishiga, o'zbekning oilasida sog'lom onadan sog'lom farzand dunyoga kelishiga barchamiz birdek yondoshaylik. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning qanotlari bo'lib, mustaqil O'zbekistonni yuksak cho'qqilarga olib chiqaylik! ''

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi, Madinabonu Kholmatova


Izohlar