O'zbek yoshlari Jahon shohsupasida

Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasi kun sayin rivojlanib bormoqda. Kechagi ilg’or texnologiyalarni ham bugungi kunda fan tan olmaydigan darajada shahdam qadamalar bilan olg’a bormoqda. Bu borada jahon tan olgan ta’lim maskanlarining o’rni beqiyosdir.
Bugungi kunda O’zbekiston yoshlari ham ana shunday xorijiy universitetlarda ta’lim olayotgani ko’zni quvontiradi. Ular egallgan bilimlar yurtning ravnaqi, kelejak poydevori bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqillikga erishgan so’ng, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yangi ta’lim maskanlarini barpo etish, xususan xorijiy davalatlar universitetlarining filliallari O’zbekistonda ochilishi, bu borada qilingan ishlarning yorqin namunasi bo’ldi desak hech ham mubolag’a bo’lmagan bo’ladi. Bu oliy o’quv yurtlarida, iqtidorli, salohiyatli, yurtboshimiz aytganidek kuchli, aqlli, hech kimdan kam bo’lmagan yoshlar tahsil olmoqda.
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko’plab universitetlar, dunyoning kuchli universitetlari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Aynan bizda ham moddiy texnik bazasi mustahkam, xalqora standartlarga javob bera oladigan universitetlar mavjud. Havard, Cambridge, Oxford universitetlari, bir necha yillardan beri kuchli universitetlar ro’yhatidan eng yuqori o’rinlarni band qilib kelmoqda. Chunki bu universitetlarda qariyb 10 asrdan beri mavjud. Bizning navqiron O’zbekistonimiz esa qisqa 24 yil ichida bunday natijalarga erishdi. Ishonchim komilki, O’zbekistonning ta’lim sohasi, dunyoning manaman degan o’quv dargohlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga chiqadi.

Shunday ekan, bugun “qaysi xorijiy davlatlardagi universitetda tahsil olsam ekan” degan ko’plab yoshlarga avvalom bor, o’zimizning universitetlarimizni maslahat beraman. Inha, Vestministr, Singapur, Turin, Jahon tillari bu nomlarni istalgancha davom ettirishimiz mumkin. Yurtboshimiz bizga shunday imkoniyatni yaratib bergan ekan, bulardan albatta unumli foydalanish kerak.

Hozirda O’zbekiston Jahon arenalarida o’zining mustahkam o’rniga ega. Bugun mustaqillik farzandlari, fan olimpiadalarida birinchilikni qo’ldan bo’y bermasdan kelishayapti. Bu hammamizni quvontiradi.

Men ham Toshkent shahridagi Inha universitetini tamomlab, xalqimga, vatanimga bor kuchim bilan xizmat qilaman. Butun dunyo o’zbeklarning qanday aql-salohiyatga ega ekanliklarini yana bir bor namoyon qilaman. Ajdodlarimizga munosib farzand bo’laman.


O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat.


Izohlar
  • To'gro etasi Yusuf, Hudo xohlasa vatanimiz ertasi uchun astoydil kurashamiz

    yozilgan 17:57 02.04.2016
  • Ajoyib maqola !!!

    yozilgan 00:44 02.04.2016
  • Ha Rashid biz bizga yaratilagan shunday imkoniyatlarni qadriga yetishimiz va kelajakda bularni samarasini korsatishimiz kerak!!! Bu borada qilingan kichik ishin

    yozilgan 21:51 01.04.2016
  • Ha Rashid biz bizga yaratilagan shunday imkoniyatlarni qadriga yetishimiz va kelajakda bularni samarasini korsatishimiz kerak!!! Bu borada qilingan kichik ishin

    yozilgan 21:51 01.04.2016
  • Ha Dilorom opa, hozirki kunda O'zbekistonimizda ham texnk bazasi mustahkam, jahon standartlariga mos universitetlar borligi biz kabi yoshlarga juda katta i

    yozilgan 18:03 01.04.2016
  • ;-)

    yozilgan 17:52 01.04.2016
  • Ёшларга тўғри йўналиш берадиган мақола бўлибди

    yozilgan 17:33 01.04.2016
  • Molodets Rashid! Tugri yozilgan!

    yozilgan 11:14 31.03.2016
  • Rahmat, O'zbeklarni ko'klarga ko'taramiz

    yozilgan 18:29 03.03.2016