Vatansizlar...

Hayotimiz qiziq...

Biz kundalik hayotimizda turli toifadagi insonlarni ko'rishimiz mumkin. Kimdir hayoti mazmunini musiqadan qidiradi, kimdir sportdan, kimdir esa siyosatdan, yana kimlardir bizlar kabi talaba. Barchani bog'lab turuvchi bir narsa borki, bu hammani tinch o'tirmasdan harakat qilishga undaydi. Bu - ertangi kun. Biz o'zbek xalqida o'zlari uchun bo'lmasa ham farzandlari ertasi uchun tinmasdan mehnat qilinadi. Ertangi kun bugundan mazmunliroq va barakaliroq kelishini xoxlaydi.

Yana shunday insonlar borki, bu insonlarni ko'chalarda ko'p marotaba ko'rganmiz. Ular to'g'ri kelgan joyda uxlashadi, kerak bo'lsa chiqindixonalarni titib yurishadi. Ular balkim barchamizdan ko'proq ishlaydi. Axir arzirli biron nima topish uchun bir kunda nechta chiqindixonalarni qidirishga to'g'ri keladi? Qancha masofani piyoda bosib o'tishga majbur bo'ladilar. Lekin eng ayanchlisi esa shuncha mehnat nima uchun? Bir shishada aroq uchunmi? Ularni hayotga undaydigan ertangi kuni shu bir shishadagi aroqmi? Ichib olib ko'chalarda uxlab yurish ularning qismatimi yoki tanlovimi? Bularga rahming kelishini ham, jirkanishni ham bilmaysan kishi. Faqat bir narsa, bizlar ular kabi emasligimiz uchun Ollohga shukrona keltirib, yo'limizda davom etamiz.

Tan olishimiz kerakki, bu yerda boshqa haqiqat ham bor. Yuqorida tarifi keltirilgan insonlar hammasini o'zlari tushunib yetsalar bo'lgani. Hayotini tubdan o'zgartirib oddiy insonlar kabi yashash uchun ularda hamisha imkon bor. Lekin oilasini, mahallasini, yurtini, dinini, barcha insoniy qadriyatlarini Vatangadolik va juda og'ir hudbinliklarga alishtirib ketgan, turli bosqinchi guruhlarga qo'shilib, bu hayotning eng og'ir gunohlarini o'zlariga kasb deb tan olgan kimsalarchi? Ular farzandlarini bir marta bo'lsa ham maktabiga yetaklab bora oladimi? Singlisi erkaliklarini tinglay oladimi? Sinfdosh do'stlari bilan choyxonada yig'ilib, bazm qila oladimi? Mahallada yosh bolalar o'ynasa tomosha qila oladimi? Ota - onasini rozi qilib ularning duosini oladimi?... Yo'q..... Ular bularning barchasini sotdilar, Vataniga hoinlik qildilar. Ular shunchaki Vatansizlar... Ularni hech qachon hech kim kechirmaydi. Do'st - yaqinlari, mahallasi, qon - qarindoshlari, hatto ota - onasi ham bunday farzandlari, jigarlari bor bo'lganini xotiralaridan o'chiradilar... Ularni hech kim eslamaydi. Inson qiyofasida dunyoga kelib, yirtqich hayvon ham qilolmaydigan ishlarni qilib yurgan bu manfur kimsalarni u dunyoda "Do'zax" qabul qilarmikin? Bunday kimsalar faqat bir narsa uchun, ona Yer borligi uchun shukur qilmog'i lozim. Axir ona Yerimiz shu qadar bag'ri keng bo'lmaganida shunday gunohkorlarni bag'rida olib yurgan bo'larmidi?

Muallif: Toshkent Shaxridagi Inha Universititeti talabasi To'lqinbekov Hikmatillo

Vatanidan ajralganlar emas, balki Vatanini alishganlar haqida


Izohlar
  • Super!!! Gap bo'lishi munkin emas.

    yozilgan 21:22 31.03.2016
  • Good job my friend ☺

    yozilgan 10:44 31.03.2016
  • Ha bu kun hech bir ota onaning boshiga tushmasin

    yozilgan 21:04 27.02.2016
  • Ming bor uzr o' harfi afsuski html kodi orqali chop bo'ldi, sizlardan uzr so'riman

    yozilgan 19:43 27.02.2016
  • To'g'ri aytasiz Hikmatillo, bu yo'ldan adashganlarni ota-onasiga achinaman. Ota-onasi jamiyat oldida yuzlari suvut bo'ladi.

    yozilgan 19:42 27.02.2016