Haqiqiy baxt g'alaba emas, ota-ona ishonchi

Har bir inson hayotida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishadi, ba'zan mag'lubiyat alamini tatib ko'rishga ham majbur bo'larkan. Lekin har qanday vaziyatda uning yonida turib, uni duo qiluvchi va undan faqatgina yaxshiliklar kutuvchi insonlar ota-onasi bo'larkan. Men hozir o'z hayotimdagi bir voqeani yozmoqchiman. Aynan shu voqea tufayli men haqiqiy baxt qanday bo'lishini his qilgandim.

2014-yil avgust oyi. Men abiturentlikdan talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan vaqtlarim... Men Toshkent shaxridagi Inha, Westmnister va Turin Universititetlariga talaba sifatida qabul qilingandim. Oldimda esa ulardan birini tanlash imkoni turgandi. Aslida mening bu yutug'im aytarlik natija emas, lekin bizning qishloq hayotimizda bu juda ham yuqori yutuq edi. Ko'pchilik bir yilni o'zida bittadan ortiq o'qishga imtixon topshirish imkoni borligini ham bilmas edi. Shuning uchun mahallada hamma menga havas bilan qaray boshladi. tinimsiz tabriklar kelardi, meni barcha hurmat qila boshladi. Men esa bundan juda mamnun edim. Uyqusiz, misollar ishlab, tayyorlangan tunlarim uchun o'zimdan mamnun edim. O'zim bilan faxrlana boshladim. Barchasini men qildim degan tuyg'u hayolimga kirib qoldi.

Shunday o'tayotgan kunlarning birida ko'chada ketayotgan edim. qo'shni mahalladan men tanimaydigan bir ayol to'xtatib qoldi. Suxbatimiz shunday bo'ldi:

- O'g'lim, siz Faridaxonni o'g'limisiz?

- Ha, tinchlikmi?

- Ha tinchlik. O'qishlarga kirib olibsiz, onangiz aytdi, tabriklayman.

- Shunday bo'ldi, raxmat. Siz onamni taniysizmi?

- Ha yoshlikdan dugonalarmiz. Oyingiz shunaqangi xursandki... u siz bilan faxrlanib, hammaga maqtanyapti...

- Ha shundaymi? (rosti biroz jahlim chiqdi maqtangani uchun)

- Onangizga shunaqangi havasim kelyapti... Farzandi bilan maqtana oladigan onalar ko'paysin ilohim...

Jahlim chiqqani uchun uyalib kettim, ichimdan g'alati bir titroq keldi. Odatda maqtanganlarni atrofdagilar yoqtirmaydilar. Mening onam maqtangani uchun esa unga boshqalar havas qilmoqdalar... Naxotki? Onam men bilan faxrlanmoqdami? Uyga bordim. Uyga kirishim bilan dadamni ovozlarini eshitib qoldim. Ular telefonda bir tanishlari bilan gaplashayotgan ekan. Dadam shunday deyayotgandi: "Mayli aka kontrakti biroz qimmat bo'lsa nima qilibdi? Muhimi o'g'lim ishonchimni oqladi. Men o'qishga kirishini so'ragandim u bo'lsa uchta o'qishga kirib berdi. Endi o'zi xoxlaganini tanlab o'qisin. Ota bo'lib kamlarini to'ldirib bermasam, meni ota bo'lganim qoladimi? Men o'g'limga ishonaman. U hali ko'p marralarni zabt etadi. Hali u hammaga kerakli odam bo'ladi." Bu gaplarni eshitib ko'zimdan yosh oqdi. Naxotki Ota-onam menga shu qadar ishonadi? Arzimagan yutug'imni shu qadar baland baxoladilarmi? Shu vaqt hamma narsani tushunib yetdim. Menga shu kungacha kuch bergan, muvaffaqqiyatimga kalit bo'lgan narsa bu ota-onamni ishonchi ekan. Shu kuni ularni ishonchini doimo oqlab, ular men bilan hamisha faxrlanib yurishlari uchun hech qachon to'xtab qolmaslikka o'zimga vada berdim.

Men hozirda Inha Universititetida o'qiyman deb baland gapira olganim uchun emas, balki ota-onam o'g'lim Inha Universititetida o'qiydi deb do'st birodarlari oldida ayta olgani uchun ham juda baxtliman. Ularning ishonchi menga butun O'zbekiston xalqi ishonchini qozonishimga yordam bera olishiga ishonaman.

Bizning kelajagimizdan faqatgina o'zimiz manfaatdor emasmiz


Izohlar
  • Avvalo, ajoyib yutuqlarga erishganingniz bilan tabriklayman. Bundan keyin bundanda ko'p natijalarga erishasib, vatanimiz kelajagiga salomoqli hissa qo'

    yozilgan 20:50 27.02.2016