Yurtimni dunyoga tanitaman!

Hozirda mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun barcha zarur shart- sharoitlar yaratilgan va yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida, yoshlar siyosatida izchil va tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda navqiron avlod vakillarining shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilish mazkur qonunning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanib kelmoqda. Bunday hayrli ishlar samarasida mamlakatimizda bepul uzluksiz o‘n ikki yillik yagona ta’lim tizimi shakllantirildi. Oliy ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavrlar va magistrlarni tayyorlash bo‘yicha jahon standartlariga o‘tildi. Bularning barchasi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy an’analar va qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir. Inson qaysi jabxada mehnat qilmasin yoki ta’lim olmasin,unda o’z yurtini dunyoga tanitishga uning kelajagiga katta yoki kichik hissasini qo’shishga imkoniyati bo’ladi. Ayniqsa, serquyosh o’lkamiz bunday imkoniyatlar yurtidir. Yurtni dunyoga sportchalik hech narsa tez tanitolmaydi degan gapga asoslanib,sport yoki san’at sohasiga aloqasi yo’q inson bu haqida o’ylamasa ham bo’ladi degani emas. Chunki har bir sohada bunday imkoniyat mavjud. Har bir soha singari chet tillarini o’rganayotgan yoki mukammal biladigan inson uchun ham bu vazifa uning burchiga aylanishi zarur. Dono xalqimizning “Til bilgan-el biladi” maqoli ham bejizga aytilmagan. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar,chet tillarini qunt bilan o’rganishlari,nafaqat ingliz tili balki boshqa chet tillarini ham mukammal bilishlari ularga imkoniyat eshikalarini ochadi. Xozirda yurtimizga dunyoning barcha mamlakatlaridan sayyohalar tashrif buyurmoqda,demak yoshlar uchun barcha tillar zarurdir. Safar chog’ida yoki sayohlar bilan muloqotda inson,avvalo,yurtiga nisbatan faxr tuyg’usini his etishi shu bilan bir qatorda o’zi tug’ulib o’sgan vatan tarixini yaxshi bilishi zarur. Xo’sh bunday marralarni egallashga bizga nima to’sqinlik qilmoqda. Menimcha, biroz dangasalik,ishonchsizlik va bilimsizlikdir. Har bir inson vatanparvarlik tuyg’usi bilan yashasa,yuti taqdiriga befarq bo’lmasa har qanday dangasalig-u,bilimsizlik unga to’siq bo’la olmaydi. Shunday ekan bunday imkoniyatlardan unumli foydalangan holda biz yoshlar qo’limizdan kelgancha faqat o’qimog’imiz, izlanmog’imiz hamda “O’zbeklar nimalarga qodir” ekanligini dunyoga tanitmog’imiz darkor deb bilaman. Buning uchun biz yoshlar albatta bo’sh vaqtimizni unumli sarflamog’imiz va qo’ldan kelgancha tengdoshlarimiz bilan bir jamoa, kuch bo’lib olg’a intilmog’imiz darkor.

Yurtimizni dunyoga tanitishda chet tillarining o'rni.


Izohlar