Tillar xususida

Til kishilarning eng muhim aloqa vositasiTil odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar.Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir.Til paydo bo’lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. 1.2 Tilning paydo bo’lishi.Insonning o’zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo’lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo’lgan.Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida aniqrog’i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o’z fikrlarini his-tuyg’ularini bayon qilish istagi tug’ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo’lishiga turtki bo’lgan. Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo’shadigan hodialar bo’lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o’zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir.Bu o’zgarishlar hammadan ko’proq tilning lug’at boyligida, ya’ni so’zlarida o’z ifodasini topadi.Tildagi nutq tovushlari, tilning grammatik qurilishi, ya’ni gap bo’laklarining joylashuvi so’z turkumlari tizimi uzoq vaqtgacha o’zgarmasligi mumkin.Ammo tildagi so’zlar tez-tez o’zgarib turadi.Buni biz mustaqillikka chiqqan davr mobaynida o’zbek tilidagi ayrim so’zlarning (oblast,rayon,xirurg,ekspress va h.k.) chiqib ketishi ayrim so’zlarning esa (marketing,menejment,kompyuter,diler va h.k.) tilimizga kirib kelishi misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. 1.3. Dunyo tillari 1999-yilda yer yuzi aholisi 6 mlrdga yetdi.Mana shu aholi 2976 xil tilda gaplashadi.Ayrim darslik va qo’llanmalarda tillarning m iqdori 3000 dan ortiq deb ko’rsatiladi.Shundan 200 tilning har birida 1 mln.dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln. dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq kishi so’zlaydi.Qolganlarining har birida esa 1 mln.dan oz kishi gaplashadi. Kavkaz tog’larida joylashgan Dog’istonda 1 mln.dan ortiq aholi bo’lib, ular 40 ga yaqin tilda so’zlashadi. Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lug’aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo’linadi.Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor.Til oilalari o’z navbatida til turkumlariga bo’linadi. Hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini o’z ichiga oladi: a)Hind turkumi(hind,urdu,bengal,panjob,gujarat va h.k.) b)Eron turkumi(fors,afg’on,osetin,kurd,tojik va h.k.) c)Slavyan turkumi(rus,ukrain,belarus,chex,slovak,polyak,serb,makedon,bolgar,xorvat,sloven) d)Boltiq turkumi(litva,latish,latgal) e)German turkumi (dat,shved,norveg,island,ingliz,golland,nemis,yangi yahudiy tili) f)Roman turkumi (fransuz,provansal’, italyan,ispan,portugal,rumin,moldovan tillari, o’lik lotin tili) g)Kel’t turkumi (irland,shotland,breton,uels) h)Anatoliy turkumi (o’lik) i)Toxar turkumi (o’lik) Grek,alban,arman tillari birorta turkumga mansub bo’lmasdan, shu til oilasiga kiradi. Oltoy tillar oilasiga quyidagi turkumlar kiradi: a)Turkiy turkumi (o’zbek,qozoq,qirg’iz,turk,turkman va boshqa jami 24 til) b)Mo’g’ul turkumi c)Manchjur turkumi d)Yapon turkumi e)Koreys turkumi Fin-ugor tillar oilasiga fin guruhi (fin,eston,karel,komi- ziryan,komi-permyak,udmurd,mari,mordva tillari), ugor guruhi (venger,mansiy, xantiy tillari) mansubdir. Som-xom tillar oilasiga semit guruhi (arab,axmar,xarari,oysor,ivrit tillari), kushit guruhi (galla, somali, saxo,beja tillari), berber guruhi (kobil,sholx,rif,tamazis tillari), chatxon guruhi (xuase, kotoko, ahgas, karekare,sura,chuzgu,mubi tillari), arab guruhi (qadimgi arab tili) kiradi. Kavkaz oilasiga g’arbiy guruh (abxaz,abazin,adigey,kabardin,ibix tillari), nax guruhi (chechen,ingush,batsbi tillari), dog’iston guruhi (avar,darg’in,lezgin,lak,karatin,tunzip tillari), janubiy guruh (megrel,chan,gruzin,kartali,svan,guri tillari) kiradi. Xitoy-tibet oilasiga tay-xitoy guruhi (xitoy,dungan,tay,laos,chjoan,v’etnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet,birma tillari) kiradi. Bulardan tashqari yana dravit,malay- polinez,avstraliya,papua,afrika til oilalari ham bor.

H.Hojiakbar


Izohlar