Erminio Juvalta hamda Pietro Verrilarning falsafiy qarashlar

Erminio Juvalta (1863-yil 6-aprel, Chiavenna. – 1934-yil 5-oktabr, Torino) Italyan faylasufi.

Erminio Volfango Franchesco Juvalta Chiavennada, Sondriya viloyatida dunyoga kelgan. Otasi Baron Corrado mahalliy sudning kansleri bo’lgan. Onasining ismi esa Tereza bo’lgan. O’rta maktabdagi tahsilini tamomlagach, Paviadagi universitetga kiradi va 1886-yilda ushbu universitetda italyan neokantchiligining yetuk namoyondalaridan biri Karlo Kantoni rahbarligi ostida Spinoza to’g’risidagi dissertatsiyasini yoqlaydi. Keyinchalik Juvalta bir necha yillar davomida yarimorolning turli xil, jumladan, Kultanisettilar, Potenza, Spoleto oliy o’quv yurtlarida falsafadan dars beradi. Shuningdek, u bir necha yillar ta’lim va maktab inspektorligi rahbarligida ham faoliyat yuritgan.

1892-yil universitetda bepul ta’lim olganidan so’ng,1915-yil Turin Universitetining san’at fakultetidagi faylasuflar o’rtasida bo’lib o’tgantanlovda g’olib chiqadi.Uning kurslari, asosan, Spenser, Spinoza va Kant falsafasiga asoslangandi. Asosan, “ozodlik” va “adolat” qadri to’g’risidagi savollar atrofida baxs yuritardilar.

Juvalta 1934-yil 5-oktabrda Turinda vafot etgan. Uning faylasuf hamkasblari esa uning vafotidan so’ng u haqida butunlay unutishadi. Faqatgina talabasi Lyudovik Geymonat ustozining qaydlarini nashr ettirgandan so’nggina, uning qarashlari o’rganila boshlandi.

Falsafiy qarashlari:

Juvalta falsafasi tanqidiy tahlil metodiga asoslangan. Shu bilan birga, ufaoliyati davomida falsafaning gnoseologiya (bilish) va epistemologiya sohalari to’g’risida yozgan muhim fikrlarini ham uchratishimiz mumkin. Uning metodologik va falsafiy mushohadalariesa shubxasiz pozitivizm va neokantchilik qarashlari ostida shakllangan.

Positivizm uzoq muddat davomida uning konseptual rivojlanishini belgilaydigandastlabki falsafiy tizim bo’lgan. Biroq, ingliz faylasufi Gerbert Spenserning tanqidiy tahliliga ko’raJuvalta odob-axloq qoidalari tufayli ushbu qarashlarini cheklashga to’g’ri kelgan.

Juvaltaning fikricha, odob-axloq nazariyasining tuzilishi va o’zaro aloqador odob-axloq qadriyatlarida etiketning maqsadi aniq belgilangan ekan, hukm buhar qanday axloqiy nazariyaning “dastlabki hukm” sifatida qaralishi lozim bo’lgan etik nazariyasining asosidir. Agarda ilmiy odob-axloq qoidalari qimmatli muhokamalarga, odob-axloq tabiatiga, ilmiy hukmga, aniq xarakterga asoslanmanganligi uchun chidab bo’lmas darajada bo’lsa, shubxasiz, istalgan odob-axloq sistemasi ilmiy mezonlar bilan ko’rib chiqilishi lozim.

Har bir nazariya mantiqiy mezonga asoslangan joyda esa odob-axloq tizimining tuzilishi ham aynan ushbu metodga ergashishi va imkon qadar bir xil rasmiy tuzilishni namoyish etishi kerak.

Graf Pietro Verri (Milan 12-dekabr, 1728 – Milan28-iyun 1797)Faylasuf, iqtisodchi, tarixchi, yozuvchi, Milan maktablaridagi ta’limning asoschisi sanaladi. Ta’lim olishni diniy kollejda o’qishdan boshlagan. 50-yillarda Inqilobchilar Akademiyasiga qatnab, o’sha yerda Juzeppi Parini bilan tanishadi. 1759 va 1760-yillar oralig’ida imperator qo’shiniga xizmatga kirib, Yetti yillik urushda qisqa ishtirok etadi(1756-1763).

Venada to’xtaganida,Milan shtatidagi savdo masalalariga bag’ishlangan mulohazalarini jamlagan kitob tayyorgarligini boshlab yuboradi. Keyinchalik 1763 yilda ushbu kitob nashr ettiriladi. Aynan o’sha yili “Baxt meditatsiyasi” nomli asarini ham nashr ettiradi.

Keyin u Milanga qaytib, 1761-yil akalari Aleksandr Verri va Chezare Bekkaria, shuningdek, do’stlari Alfonso Longo, Piter Sekki, Jambatista Biffi, LuijiPorro Lambertenyilar bilan italyan millatining savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan “Kofe” deb nomlangan davriy nashrning bosma holda nashr ettirilishini yo’lga qo’yishadi. “Kofe” 1764-yilda birinchi marta, keyinchalik, 1766-yilda ikki tomga jamlangunga qadar har 10 kunda bir nashr ettiriladi. Pietro Verrining eng mashhur va dolzarb “Kofe”da e’lon qilingan maqolalaridan Savdo-sotiq elementlari (tom I, 3-bet), Komediya (I tom, 4-5-betlar), Tibbiyot (I tom, 18-bet) kabi maqolalarini keltirib o’tishimiz mumkin. Verro Milan ma’rifatparvarlari bilan birgalikda fransus mutafakkirlari, jumladan, Diderot, Voltaire va d'Holbachlar bilan xat almashib turishardi ham. Hattoki ulardan biri, d'Alembert “Kofe” mualliflari bilan uchrashish uchun Milanga tashrif buyurgan.

Verri nashriyot ishlari bilanbir qatorda, ayrim safdoshlari bilan birgalikdajurnalda targ’ibot qilinayotgan islohotlarni amalga oshirish maqsadida Milandagi Vena hukumatining siyosiy-ma’muriyrivojlanishiga o’z xissalarini qo’shishgan. 1766-yil yanvar oyida “xizmat” (soliq xizmati)ni nazoratchisi sifatida Kengash a’zosi va keyinchalik 1765-yilda Xalq xo’jaligining Oliy kengashiga a’zo etib tayinlanadi.1778-yil Verri, Bekkaria, Frizi va Sekki Milan vatanparvar Jamiyatiga asos solishadi.

Iosif II ning Avstriya taxtiga o’tirishi munosabati bilan (1780-yil) Milan islohotchilari uchunvaziyat og’irlashadi. 1786-yilda esa Verri hukumatdagi ishini ham topshiradi. Neapolga ketib (1796-yil), 67 yoshli Verri yosh hamkasblari: Alfonso Longo (1738-1804) va Luiji Lambartenyilar (1739-1813) bilan birgalikda hozirgi Italiyaning beshigi bo’lgan Sizalpins Respublikasiga asos solishadi. 1797-yil 28-iyundao’z-o’zini boshqarish organining tungi majlislaridan birida vafot etadi. Uning Tereza va Allesandria ismli farzandlari bo’lgan.

Uning muallif va tashkilotchi sifatidagi ishlari tufayli Milan italyan ma’rifat markaziga aylandi. Taraqqiyot Pietro Verrining intellektual ko’rinishidan kelib chiqqan degan taxminlar ehtimol noto’g’ri, lekin uning italyan ma’rifatiga qo’shgan xissasi beqiyosdir.

Falsafiy qarashlari:

Verri “Rohat va azob tabiati” asarida Gelvetsiya va Kondilak nazariyalarini keltirib o’tgan. Ushbu nazariyalar insoniyatning borligini baxt va quvonchga yo’naltirishga asoslangan. Uning fikricha, inson azoblanishga o’rganib qolgan, rohat esa ana shu azoblardan qisqa muddatga xalos bo’lishdir. Shopengaur va Leopardilarning ham shunga o’xshash fikrlari bo’lgan. Verri, shuningdek, XVIII asr sensualistik falsafasidan ilhomlangan bo’lishi ham mumkin. Inson haqiqiy baxtga yolg’iz emas, aksincha, boshqalar ya’ni jamoa bilan birgalikda erishadi, deya hisoblagan Verri. Shuningdek, Kant ham ushbu fikrlarni yuksak baholagan.

Ammo unining iqtisodiyot haqidagi fikrlarini o’rganar ekanmiz uning fikrlari anchayin baxs munozarali ekanligining guvohi bo’lamiz. Savdo-sotiq elementlari (1769) va o’zining iqtisodiyot sohasidagi eng yirik asari “Siyosiy iqtisodiyot haqida munozaralar” asarida talab va taklif ( birinchi marta matematik ko’rinishda) haqida fikr yuritadi. Shuningdek, u pulni “universal tovar”ligini, erkin savdoni qo’llashini, to'lov balansining muvozanati yalpi ichki mahsulot miqdoriga ko’r emas, balki kurs (narxlari) ning o'zgarishlari tomonidan kafolatlangan, deya ta'kidlaydi. Uning fikricha, faqatgina sog’lom raqobat tenglar orasida xususiy mulkni ajratishi mumkin.

Tayyorladi:Komilova.O. (SamDChTI)

Rahbar:Ashurova X. (SamDChTI)

Italyan faylasuflari Erminio Juvalta hamda Pietro Verrilarning falsafiy qarashlari


Izohlar