Sharqning gultoji Samarqand - bugunda jahon diqqatining markazida.


Eng ko’hna o’zbek davlatchiligi shakillangan qadimiy makon ,sharq gavhari –Samarqand. Bugungi kunda Samarqand 27 asrlik tarixga ega. U dunyodagi eng qadimiy shaharlar Rim, Afina, Erevan kabi shaharlar bilan bir qatorda turadi. O’rta Osiyodagi biror bir shahar Samarqand kabi ajoyib afsonalarga, tarixiy obidalarga, ko’hna yodgorliklarga ega emas. Asrlar davomida Samarqand o’ziga xos nomlar bilan atalib keldi: ,,Osiyodagi Rim “, ,,Yer yuzining sayqali” , ,,Musulmon dunyosining durdonasi” , ,, Kurrai zaminning yorqin nuqtasi “ , ,,Sug’diyona bozori”. Samarqand – bu o’lkada ne zotlar yashamadi , ne zotlar ijod qilmadi deysiz. Bu zamin qanchadan – qancha qonli urushlar , qanday yorqin davrlarni ko’rdi. Asrlar sinovlariga dosh bergan bu zaminni ko’rish va uni ziyorat qilish maqsadida yer yuzining turli burchaklaridan har yili minglab sayyohlar tashrif buyiradi. Ayniqsa Samarqand o’ziga xos qadimiy qal’asi bilan olamni lol qoldirgan . Bu yerda o’rta asr me’morchiligining koshonalarini ko’plab uchratish , ming yillardan beri rivojlanib kelayotgan shahar madaniyati sivilizatsiya izlarini ko’rish mumkin. ,,Buyuk ipak yo’li”ni aynan shu shahardan o’tgani, buyuk Sohibqiron bobomiz mamlakat poytaxti etib aynan shu yerni tallagani ham bejizga emas. Bu yerni Allohning nazari tushgan muqaddas zamin desak, adashmagan bo’lamiz. Samardandning ulug’vor qiyofasini barpo qilishda me’morchilik va binokorlik muhim rol o’ynaydi. Me’morlar faoliyatining namunasi sifatida Samarqandning ko’plab jamoat va diniy majmualari, masjidlar, madrasalari, xonaqohlari, maqbaralari va serhasham saroylarini sanab o’tish mumkin. Umuman olganda uning barcha yodgorliklarini butun bir O’zbekistonni , o’zbek xalqini faxri deyish mumkin. Mustaqillik yillaridan so’ng uning boyligini o’rganishga qiziqish yanada ortdi. Bugunda Samarqand me’morchilik san’ati har tamonlama keng o’rganilmoqda. Buning namunasi sifatida arxeologiya, etnografiya, san’atshunoslik, dinshunoslik kabi fanlarning muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganilayotganini aytish mumkin. Samarqandning en qadimy tarixi haqida bizga shaharning shimol tomonida , katta Afrosiyob tepaliklarida saqlanib qolgan qadimiy vayronalar hikoy qiladi. Bu tepalikda joylashgan shahar qadimiy Sharqning mashhur qahramoni, Firdavsiyning ,,Shohnoma”sida tariflangan Turonning afsonaviy podshohi Afrosiyob nomi bilan aatalishi bejizga emas. Shu dalilning o’ziyoq shaharning yoshi bir necha ming yillarga borib taqalish, uning ertaklar zamoni bilan bog’liqligini ta’kidlaydi. Ulkan vayronalar bir qarashda oddiy tepaliklar yig’indiside ko’rinsada, chimzorga aylanib ketgan vayronalar ostidan yemirilga devorlar, tuproq ostidagi madaniy qatlamlar ko’rinib turadi. Faqatgina tajribali mutaxasisgina shahar istehkomining qoldiqlarini, turli paytlarda qurilgan minorali himoya devorlari doirasini payqay oladi. Shaharning ming yillik sahifalarini o’qish mumkin bo’lgan yana bir joy bu Registon maydonidir. Aytishlarich, hamma yo’llar Rimga olib boradi, bu o’rinda Samarqandning barcha yo’llari Registonga olib keladi. Bu yerga qadam qo’ygan har bir kishining yuragida o’zgacha hissiyot paydo bo’ladiki, go’yoki asrlar silsilasi ortidan Sharq bozorining shovqin - so’roni, hunarmandlarning o’z mollarini maqtab, hairdor chaqirayotgani, hukmdor farmonini o’qib eshittirayotgan jarchining yangroq ovozi quloqlar ostida jaranglayotgandek tuyuladi. Umuman olganda Samarqandning barcha yodgorliklarini qancha ta’riflasak shuncha oz. Uning turistik salohiyati haqida gapiradigan bo’lsak , undan to’liqroq foydalanishga, uni yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonivich Mirziyoyev o’zining ,, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz” nomli asarlarida Samarqandning turistik salohiyatini yanada to’liqroq foydalanish to’g’risida o’zlarining rejalarini berib o’tganlar. Bunga ko’ra yaqin besh yil ichida viloyatda 40dan ziyod yangi mehmonxona qurish va 12 ta mehmonxonani kengaytirish mo’ljallanmoqda. Buning natijasida esa mehmonxonadagi o’rinlar soni 7 mingtaga yetishi yoki hozirgiga nisbatan 1,5 barobarga ortishi ko’zda tutilmoqda. Shuningdek Samarqandda ekoturizm , agroturizmni ham rivojlantirishga oid bir nechta takliflarini berib o’tganlar. Albatta, Samarqand iqlimi O’rta Osiyo hududida yagona bo’lgan bahavo joydir. U har tarafdan tog’lar bilan o’ralganligi, sersuv Zarafshon daryosi, qo’riqxonalari unda ekoturizmni rivojlantirishga keng imkoniyatlar beradi. Shavkat Mirziyoyev bu asarida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevichning tashabbusi bilan Toshkent-Samarqand yo’nalishidagi 344 kilometr masofani atigi 2 soatda bosib o’tadigan zamonaviy ,,Talgo” poyezdining qatnovi yo’lga qo’yilgani viloyatda turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochib berganini alohida qayd etib o’tganlar. Bundan tashqari shaharning boy madaniyatini jahonga namoyon qilish maqsadida turli xil festivallar, ko’rgazmalar bo’lib o’tadi. Shular orasida millati, dini, tili turli xil bo’lgan davlat vakillarini birlashtiradigan , ular orasida do’stlik rishtalarini bog’laydigan ,,Sharq taronalari” mosiqiy festivali alohida o’rin egallaydi. Maskur festival har ikki yilda bir marotaba Registon maydonida bo’lib o’tadi. Bu yil bu festival o’n birinchi marotaba o’tkazilishi ko’zda tutilmoqda va unga yetmishdan ortiq mamlakatlar qatnashish istagini bildirgani, uning mavqei jahonda qanchalik ekanini yaqqol namoyon qilib turibdi. Samarqandda bugunda faqatgina turizm sohasini rivojlantirish bilan cheklanib qolmasdan, uning ijtimoiy ahvoliga ham katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq 2017-2021-yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar bo’yich arzon uy-joylar qurish dasturlari, hudud avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish , shahar va qishloqlarda transport ta’minotini yanada yaxshilash kabi dasturlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda. Bu kabi e’tiborlar faqatgina Samarqandgagina emas O’zbekistonning eng katta shaharlaridan tortib eng chekka tumanlariga ham qaratilmoqda. Bu kabi harakatlarning barchasi aholi turmish – tarzini yaxshilash, kelajak avlodni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar qilib tarbiyalashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Shavkat Miromonivich Mirziyoyev- ,,Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” Toshkent 2017 ,,O’zbekiston” nashriyoti.

2.,,Samarqand shahri me’moriy yodgorliklari” – Respublika ilmiy –o’quv qo’llanmasi.

3.Ziyonet.uz

Sharqning gultoji Samarqand - bugunda jahon diqqatining markazida.


Izohlar