Abu Nasr Farobiyning falsafiy-pedogogik qarashlari


Farobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan. Farobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.Farobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avvalbilish zarur bo`lgan ilm o`rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o`rganish lozim.Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo`ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim. Bunga Forabiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir» Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirs- havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»

Farobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo`lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qo`yish, haqiqat, ma`naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bo`lishidir. Shuning uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi.Bundan biz Farobiyning axloqni xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz.Farobiy «Aql ma`nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi deydi.U mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`lda olib borish uchun aqlni to`g`irlab turadi deydi. Farobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan o`rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo`ldi. U muzikaga ilmni nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan.Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir. Farobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l – ta`lim va tarbiya yo`li bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug`ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta`lim so`z va o`rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo`ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi.

Mustafayev Shaxboz. SamDCHTI


Izohlar